"Real" Ronalduning maoshini ko‘taradigan bo‘ldi
Madridning “Real” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qiladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 32 yoshli futbolchining maoshi yiliga 30 million evroga qadar oshiriladi. Ta’kidlash lozimki, Ronalduning yillik maoshi ayni damda 21 mln evroni tashkil etadi.
O‘z navbatida Krishtianuning o‘zi ham “Santyago Bernabeu”da qolishni istamoqda va bu boradagi istagini klub rahbariyatiga ham etkazgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi “Barselona” forvardi Lionel Messi hisoblanadi. 30 yoshli argentinalik futbolchining maoshi yiliga 50 mln evroni tashkil etadi. Bu boradagi ikkinchi ko‘rsatgich PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarga (30 mln evro) tegishli.

Fikrlar