"Real" safarda "Elche"ni enga olmadi (video)
Ispaniya La Ligasining 16-turida “Real” safarda “Elche”ga qarshi bahs olib bordi.
Dastlab, 20-daqiqada Luka Modrich o‘z goli bilan “qirollik klubi”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 52-daqiqada Fidel Chaves maydon egalari joniga oro kirdi va hisobni tenglashtirdi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar