"Real" safarda "Sevilya" ustidan g‘alabaga erishdi (video)
Ispaniya La Ligasining 12-tur markaziy bahsi “Xuan Sanches Pisxuan” nomli stadionda mezbon “Sevilya” va “Real” Madrid jamoalari o‘rtasida kechdi.
Afsuski, muxlislar shu kuni faqatgina bitta golga guvoh bo‘lishdi xolos. Andalusiyaliklar futbolchisi Yassin Bununing 55-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etgan oqibatida jamoasi mag‘lub bo‘ldi. Yakuniy hisob - 0:1, “Qirollik klubi” g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar