"Real" Sebalosni sotib yuboradi

  • 15.07.2020 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” mavsumni “Arsenal”da ijara asosida o‘tkazayotgan yarim himoyachisi Dani Sebalos bilan xayrlashmoqchi.

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “kanonirlar” 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini sotib olishga tayyor. Unga “Valensiya” va “Betis” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bor.

“Qirollik klubi” esa, Sebalosni 25 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

“Real” bundan tashqari, “Granada”da to‘p surayotgan Xesus Valexoni ham sotib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!