“Real” skautlari APL yulduzini kuzatishmoqda
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga Madridning "Real" klubi qiziqish bildiryapti.
"Qirollik klubi" skautlari italyalik futbolchining o‘yinlari bilan yaqinidan tanishish maqsadida "qirollar"ning so‘nggi o‘yinlarida ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. Manbaning ta'kidlashicha, 25 yoshli futbolchiga mahalliy "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari asosiy da'vogar bo‘lib qolmoqda. Potentsial xaridorlar uchun 100 million evrodan ortiq qimmat narx muammosi bo‘lishi mumkin.
Transfermarkt portali Sandro Tonalining narxini 75 mln evroga baholamoqda. Xavbekning "Nyukasl" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar