"Real" sobiq futbolchisiga "Barselona" xaridor

  • 01.11.2025 16:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi va sardori Martin Edegorni transfer short-listiga kiritdi. Bu haqda indykaila X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 26 yoshli futbolchi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlarga tayyor deb hisoblamoqda. Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" iyun oyida "yurish qiladi."

Edegor "kanonirlar" safida 2021 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ungacha futbolchi "Real Madrid" sharafini himoya qilgan edi. Bu vaqt ichida yarim himoyachi barcha turnirlarda 205 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 80 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!