"Real Sosedad"ning 30 yoshli futbolchisi faoliyati davomida birinchi marta qizil kartochka oldi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Ispaniya La ligasining 36-turidan to‘rin olgan "Sevilya" hamda "Real Sosedad" jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. 1:1 hisobida yakunlangan bahs mehmonlar yarim himoyachisi David Surutusa uchun yomon xotiralar bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, 30 yoshli frantsiyalik futbolchi uchrashuvning 74- va 79-daqiqalarida hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogog‘lantirildi. Ikkita sariq kartochka o‘z-o‘zidan qizilga aylandi va Surutusa maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.

E’tiborlisi, David Surutusa professional faoliyati davomida jami 308ta uchrashuv o‘tkazgan va ularning hech birida qizil kartochka bilan jazolanmagan edi. "Sevilya"ga qarshi bahsdagi qizil uning uchun birinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!