
"Real" super transferga pul to‘playapti
“Real” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani Madridga olib kelish niyatidan qaytmaganini ma’lum qildi.
Maydon markazini kuchaytirmoqchi bo‘layotgan Zinedin Zidan aslida “Renn” vakili Eduardo Kamavingaga qiziqayotgan edi. Lekin klub rahbariyati 17 yoshli o‘smir uchun katta mablag‘ sarflamasdan, uning o‘rniga katta tajribaga ega professional futbolchini olishni ma’qulladi.
Pol Pogba jarohatidan forig‘ bo‘lib, yana zo‘r o‘yin ko‘rsata boshlaganidan keyin madridliklarni aynan frantsiyalik yarim himoyachini sotib olish variantiga qaytdi.
Fikrlar