“Real” superto‘purarlardan qay birini tanlaydi?
“Real” klubi yozgi transferlar vaqtida supertransferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy vaziyat “Qirollik klubi”ga orzusidagi barcha futbolchilarni olish imkonini bermaydi.
Xususan, madridliklar anchadan beri nishonda turgan iste’dodli hujumchilar – Kilian Mbappe va Erling Xolanddan birini tanlashi kerak bo‘ladi.
Vaziyatnipi kuzatib borayotgan mutaxassislar “Real”da Xolandni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘proq ekanini ta’kidlamoqda. Zinedin Zidan jamoasi 20 yoshli norvegiyalik to‘purar masalasini 100 million evro bilan hal qila oladi. Qolaversa, Erlingning yillik maoshi 8 million evro atrofida bo‘ladi va bu Mbappening moyanasidan ancha kam.
Kilian Mbappening transferi 150 million evrodan ko‘proqqa tushadi. Bu futbolchi hozirning o‘zida bir mavsum uchun 22 million evro maosh olmoqda. PSJ yosh hujumchini saqlab qolish uchun unga yiliga 30 million evro va’da qilmoqda.
Nima deb o‘ylaysiz, “Real” kimni tanlaydi?

Fikrlar