"Real" tarkib jihatidan dunyoning eng zo‘r jamoasi
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Atletik” hamda “Real” jamoalari bahsi boshlanadi. Ushbu uchrashuvdan oldin bilbaoliklar himoyachisi Yuri Berchiche o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Real”ning ko‘rsatayotgan o‘yinlarini juda ko‘p maqtash mumkin. Lekin, tarkib nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, “Real” shubhasiz dunyodagi eng yaxshi tarkibga ega jamoa.Ularda o‘ynaydigan futbolchilarning hammasi terma jamoa a’zolari, hammasi ajoyib futbolchilar hisoblanadi.
Ammo, bizning ham o‘zimizga yarasha kuchli tomonlarimiz bor. Biz ajoyib formadamiz va buni maydonda ko‘rsatmoqchimiz”, - deydi Berchiche.
Eslatib o‘tamiz, «Atletik» – «Real» uchrashuvi soat 17:00 da start oladi.
Fikrlar