"Real" top-klublar qiziqayotgan futbolchisini olib qolmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachi Marko Asensioni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira yozmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" ispaniyalik xavbekka 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma va 7 million evro maosh taklif qilmoqda. Ayni damda tomonlar muzokara o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markoning "Qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi kelasi yil yakuniga etadi. Joriy mavsum futbolchi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va bir golga assistentlik qildi. 

Avvalroq, Asensioga A Seriya va APL klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!