Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" Trentdan voz kechdi, unga narx qo‘yildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Madridliklar oʻzgarish qilmoqchi

Trent Aleksandr-Arnoldning kelajagi noaniq qolmoqda

«Real Madrid» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Indykaila News nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar ingliz futbolchisini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Klub Aleksandr-Arnoldning transferi orqali taxminan 60 million yevro ishlab olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Trent Aleksandr-Arnold 2025 yili «Liverpul»dan «Real» safiga 10 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u madridliklar tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q