"Real" tuppa-tuzuk o‘ynayotgan yulduziga "chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqchi"

  • 04.05.2022 12:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Real" rahbariyati jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

"UOL Esporte" xabariga ko‘ra, ketish uchun nomzodlardan birinchisi Kazemiro hisoblanadi. Braziliyalik futbolchi ko‘rsatayotgan yaxshi o‘yiniga qaramay, transferlardan daxlsiz emas, rahbariyat yarim himoya chizig‘ini butunlay yangilashni niyat qilgan.

Madridliklar uni hozir sotsa, bu transferdan 50-70 million evro ishlab olishdan umid qilmoqda. Uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy nomzodlardan biri PSJ hisoblanadi. Bundan tashqari, "Yuventus" ham Kazemiro uchun kurash olib borishi kutilyapti.

30 yoshli yarim himoyachining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!