"Real TV" Valverdening qizil kartochkasiga keskin munosabat bildirdi
"Real Madrid TV" boshlovchilari va ekspertlari "Atletiko"ga qarshi o‘yinda (3:2) Federico Valverdening chetlatilishiga baho berdi.
Ularning fikricha, bosh hakam Xose Munuera Montero qabul qilgan qaror va qoidalarni qo‘llashdagi ikki xil standartlar derbidagi g‘alabani yanada qiyinlashtirgan.
"Bu epizodda oddiy qoidabuzarlik va sariq kartochka yetarli edi. Hatto Valverde ham dastlab shunday deb o‘yladi. Ammo hakam uni maydondan chetlatib, keyin bu qarorini izohlash uchun Alvaro Arbeloa bilan muloqot qildi — bu juda kam uchraydigan holat.
Oyoq va to‘p orasida qancha masofa bo‘lishi kerak? Hakam to‘p o‘yinda emasligini qanday aniqladi, agar raqib unga teggan bo‘lsa? Qanday qilib zarbaning kuchini baholash mumkin? Bu holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka berish — tushunarsiz qaror", — deyilidi klub kanali efirida.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror "Real"ni kamchilikda qoldirib, jamoaning nafaqat ushbu o‘yindagi, balki yaqin o‘yinlardagi imkoniyatlariga ham ta’sir qilishi mumkin.
Fikrlar