“Real” va “Barsa” raqobatini oshirish uchun La Liga formati yangilanadi

  • 13.02.2021 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales La Liganing hozirgi formatini o‘zgartirish lozimligini ta’kidladi. Chempionat tez orada o‘zgarishi kutilayotgan Evropa Chempionlar ligasi formatiga moslashishi kerak.

- Men Evropa Chempionlar ligasi formatini o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar qo‘mitasi a’zosiman. Futbol o‘zgaryapti, buni UEFA ham tan olishi kerak. Grand klublar ko‘p muhim o‘yinlarda qatnashyapti. Ligalar grafikini qisqartirish haqida bosh qotirmoqda. La Liga buni ikki yo‘l bilan amalga oshira oladi. Birinchisi yuqori diviziondagi jamoalar sonini qisqartirish bo‘lsa, ikkinchisi musobaqa formatini o‘zgartirish.

Men klublar sonini qisqartirishga qarshiman. Formatni o‘zgartirish kerak. “El klasiko”lar sonini  oshirish lozim. Buni muhokama qilamiz. Format keyingi ikki yoki to‘rt yilda yangilanadi. Katta o‘zgarishlar bo‘ladi, - dedi Rubiales.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!