«Real» va «Barselona» meksikalik iste'dod uchun kurashadi
«Tixuana» jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Xilberto Mora yaqin vaqt ichida katta sakrash qilishi mumkin. 17 yoshli meksikalik futbolchiga «Real» va «Barselona» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, eng faol harakatni «Real» qilayotgani aytilmoqda. «Barselona» esa hozircha futbolchining rivojlanishini kuzatish bilan cheklanib, nisbatan passiv pozitsiyani saqlab turibdi.
Xilberto Moraning transfer qiymati taxminan 25 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq «Tixuana» rahbariyati uni 40 million yevrodan kamga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Fikrlar