
"Real" va "Chelsi"ning maqsadi bir
“Milan” yarim himoyachisi Frank Kessi grand klublarning e’tibor markaziga tushdi.
Sportmediaset nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli ivuarlik futbolchini “Real” va “Chelsi” klublari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. “Rossonerilar” esa etakchi futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas va shu sababli tez orada u bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Kessi joriy mavsum “Milan” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Frankning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U “Milan” safiga 2019 yil 4 mln evro evaziga “Atalanta”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar