“Real” va “Liverpool” yulduzlarni almashtiradi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Ispaniya grandi “Real” bilan futbolchilar almashinuvı boʻyicha bitim taklif qilish ustida ish olib bormoqda.
Mersisayd mutasaddilari rejasiga koʻra, “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister “Qirollik klubi” oʻyinchisi Orelien Tchuameniga almashtirilishi mumkin.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, madridliklar Mak Allisterni jamoa yarim himoyasini kuchaytirish uchun mos nomzod sifatida koʻrmoqda. Garchi futbolchining joriy mavsumdagi oʻyini barqaror boʻlmasa ham, “Real” argentinalik yulduzni oʻz safiga qoʻshib olishga tayyor.
Tchuameni esa, uzoq vaqtdan beri “Liverpul”ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, ammo futbolchining oʻzi “Real”ni tark etishni istamayapti. Shuningdek, almashinuv amalga oshishi uchun “Liverpul” qoʻshimcha mablagʻ toʻlashiga toʻgʻri kelishi mumkinligi aytmoqda.
Ikkala futbolchining ham klublari bilan amaldagi shartnomalari 2028 yilning 30 iyungacha amal qiladi.
Fikrlar