"Real" Varan bilan til topisha olmayapti

  • 26.04.2020 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi frantsiyalik himoyachi Rafael Varan bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hozirda tomonlar muzokaralarni to‘xtatishgan. “Qirollik klubi” koronavirusdan ko‘riladigan zararlarni hisoblab chiqib, shundan so‘ng 27 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi. Madridliklar Varan bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolashmoqchi.

Varan joriy mavsum “Real” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!