
"Real" Vaskes o‘rniga "RB Leyptsig"dan futbolchi oladi
“RB Leyptsig” yarim himoyachisi Dani Olmo “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Bu haqda Ok Diario nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, madridliklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotgan Lukas Vaskesga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. O‘z navbatida, Olmoning o‘zi ham vataniga qaytishni xohlamoqda.
“Real” Dani Olmoni mavsum yakunlangach, yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi va buning uchun 30 mln evrodan voz kechishga tayyor.
“RB Leyptsig” Olmoni 21 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum Bundesligada jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar