"Real" Vinisiusni qanday rag‘batlantirmoqchi?

  • 2 noyabr, 2021, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi o‘zining hujumkor yarim himoyachisi Vinisius Junior bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, yaqin orada “qirollik klubi” va braziliyalik futbolchi muzokaralar stoliga o‘tiradi. Tomonlar fantastik shartnoma masalasini muhokama qilishi aytilmoqda.

So‘nggi paytlarda Vinisius juda ham ishonchli o‘yin namoyish etmoqda va buning ortidan uning transfer narxi ham keskin oshmoqda. Klub rahbariyati esa futbolchining maoshini ham o‘sib borayotgan transfer narxiga monand ravishda oshirmoqchi. Ayni paytda Vinisiusning "Real"dagi yillik maoshi 3.5 million evroni tashkil etadi va u jamoaning eng kam maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Vinisius Junior joriy mavsum “Real” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!