"Real" Xames Rodrigesni qanchaga sotmoqchi?

  • 18 iyun, 2019, 00:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchiga «Napoli» va «Yuventus»ning ortidan «Manchester Yunayted» ham kurash boshladi. “Real” esa uni 55 mln evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi 2 mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazdi. O‘rtadagi kelishuvga ko‘ra myunxenliklarda uning transferini 42 mln evroga sotib olish huquqi mavjud edi. Biroq, futbolchining iltimosiga ko‘ra ular bu imkoniyatdan foydalanishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!