“Real” Xolanddan yuz o‘girdi

  • 02.04.2022 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yozgi transferlar mavsumidagi asosiy nishonlaridan biri – Erling Xolandni xarid qilish fikridan qaytdi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, madridliklarning norvegiyalik to‘purardan yuz o‘girishiga 21 shli hujumchining jarohatlarga moyilligi ortib borayotgani va uning agenti Mino Rayolaning qabul qilib bo‘lmas talablari sabab bo‘lmoqda.

“Qirollik klubi” kelasi mavsum oldidan o‘z safiga Kilian Mbappe va Erling Xolandni qo‘shib olmoqchi edi. Hozircha, Mbappe varianti etakchi hisoblanadi. Endi madridliklar Xoland o‘rniga boshqa o‘yinchi qidiradi.

Xoland jarohatlari tufayli joriy mavsumda barcha turnirlarda atigi 23 ta o‘yin o‘tkazdi. Shunga qaramay, u raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!