“Real” Xolandni oladi!

  • 18.06.2022 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyalik superto‘purar Erling Xoland “Manchester Siti”da uzoq qolmaydigan ko‘rinadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Kilian Mbappedan quruq qolgan “Real” 2024 yilning yozida Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Madridliklar hozirdan Karim Benzemaga o‘rinbosar qidirmoqda. Frantsiyalik futbolchi yoshi o‘tib qolayotgani sababli yana ikki mavsumdan keyin jamoadagi o‘rnini bo‘shatishi kutilmoqda. Aslida “Qirollik klubi” jamoaning keyingi to‘purari Mbappe bo‘lishini istagandi. Endi vaziyat o‘zgardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning manchesterliklar bilan shartnomasida ikki mavsumdan keyin norvegiyalik futbolchini 150 million evroga transfer qilish bo‘yicha band kiritilgan.

Aslida hujumchining Xosep Gvardiola jamoasi bilan besh yillik shartnoma tuzganini aytib o‘tish lozim.

Xoland ikki yil davomida “Borussiya”dan o‘ynab, dortmundliklar safida 89 ta o‘yinda 86 ta gol va 23 ta assist muallifi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!