“Real” yangi futbolchiga har mavsum uchun 10 million yevro to‘laydigan bo‘ldi
Madridning “Real” klubi “Liverpul”ni tark etgan markaziy himoyachi Ibrohim Konateni hamkorlikka ko’ndirgan va o’zaro shartnomani imzolashga yaqin turibdi.
Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko’ra, 27 yoshli futbolchi 2031 yilgacha mo’ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekadi.
Bitimga ko’ra, Konatening yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi.
AS nashrining ta’kidlashicha, shartnoma “4+1” tizimi asosida tuziladi – to’rt yillik asosiy kelishuv va yana bir yillik uzaytirish imkoniyati bo’ladi.
31 may kuni “Liverpul” klubi Konate bilan hamkorlik to’xtatilganini rasmiy e’lon qilgan edi. Himoyachi 2021 yil yozidan buyon mersisaydliklar safida o’ynab kelgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar