"Real" yangi himoyachi sotib oladi
“Real" yozgi transferlar oynasida "Inter" himoyachisi Alekssandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, italiyalik futbolchining kelishiga asosiy sabab, "qirollik klubi" himoyachilari: Alabaning ko‘p jarohat olayotgani va Nachoning mavsum yakunida tugaydigan shartnomasi bo‘lib turibdi.
Transfermarkt 23 yoshli futbolchini 55 mln evroga baholamoqda. Bastoni joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar