
“Real” yanvarda ikkita shov-shuvli transferni amalga oshiradi
Taniqli insayder Ekrem Konur qishki transferlar mavsumida “Real” ikkita katta transferga qo‘l urishi haqida ma’lumot tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, “Qirolli klubi” yanvarda PSJdan hujumchi Kilian Mbappe va “Bavariya”dan himoyachi Alfonso Devisni olib keladi.
Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmaydi. Kilian yozda erkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun parijliklar qishda “Reaol”ning hujumchi bo‘yicha taklifini qabul qilishi kutilmoqda.
Kanadalik himoyachi Alfonso Devisni olish ham oson bo‘lmaydi. Myunxen klubi tezkor futbolchi bilan 2025 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan. Uning transferi uchun kamida 70 million evro tikish talab etiladi.
Fikrlar