"Real" yanvarda Ronalduni qaytarishga tayyor

  • 11 dekabr, 2021, 12:01
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi. "Qirollik klubi" qishki transfer vaqtida forvardni xarid qilishga qarshi emas. 

Tecno

"Football Insider" nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar Ronaldu yangi murabbiyi Ralf Rangnik bilan o‘rtasida muammo yuzaga keladi, deb hisoblamoqda. KriRo klubni tark etish istagini bildirishi bilanoq, "Real" unga shartnoma taklif qilishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, yozda futbolchi "Yuventus"dan "qizil ibilslar" safiga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsum Krishtianu 12ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
11/12/2021 12:25
Azar ketsinda iwqilib ranaldo kesa yaxwi bulardi
Sattorov Xayriddin
11/12/2021 12:24
Azar bersaki 7chi raqamni azar ketsaki angliaga permier ligasiga