
“Real” yoki “Barsa”? Qaysi jamoa chempion bo‘lish aniqlandi
Statistik ma’lumotlar bilan ishlashga ixtisoslashgan Opta markazi superkompyuyateri Ispaniya chempionatining sakkizinchi turidan keyin jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini hisob-kitob qildi.
Bu turda “Sevilya” maydonidan qaqshatqich mag‘lubiyatdan bilan qaytganiga qaramay, amaldagi chempion “Barselona”ning o‘z unvonini saqlab qolish imkoniyati hamon yuqori baholanmoqda. Sun’iy intellektga ko‘ra, kataloniyaliklarning musobaqani birinchi o‘rinda yakunlash imkoni 46,6 foizni tashkil qilmoqda.
Sakkizinchi turdan keyin La Liga jadvalida eng yuqori pog‘onaga qaytgan “Real”ning chempion bo‘lish imkoni kataloniyaliklarniki bilan deyarli bir xil. Opta markazi hisob-kitobiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 46,55 foizga teng.
La Liganing biror boshqa klubi ikki grand bilan tenglasha olmaydi. Agar joriy mavsum yakunida chempionlik “Barselona” yoki “Real”dan boshqa jamoaga nasib qilsa, bu haqiqiy sensatsiya bo‘ladi.
Fikrlar