"Real" Yovich masalasida takliflar kutmoqda
"Real" joriy yozgi transferlar davrida serbiyalik hujumchi Luka Yovich bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha takliflar kutmoqda. Madridliklar uni ijaraga berishga ham, sotib yuborishga ham tayyor.
Yovich “Real” safiga o‘tgan yilning yozida “Ayntraxt”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar