"Real" yozda "Ayaks"dan zo‘r futbolchi oladi
Madridning "Real" klubi rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Ular asosan yarim himoyachilar sotib olishga e’tibor qaratishmoqchi.
DefensaCentral nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” allaqachon bu borada ishlarni boshlab yuborgan. Madridliklar “Ayaks”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Real” vakillari ayni damda futbolchining agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqishgan.
Gravenberx joriy mavsum Niderlandiya chempionatida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Ayaks” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar