"Real" yozda "Siti" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 02.03.2023 12:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
"Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares "Real"ning e’tibor markazida bo‘lib turibdi. 

Madrid klubi argentinalikni shu yilning yozida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. "Qaymoqranglilar" Alvaresni Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

"Shaharliklar" forvard klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Joriy mavsumda Xulian APL doirasida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!