"Real" yozda yetti futbolchi bilan xayrlashadi
«Real» (Madrid) yozgi transfer oynasida tarkibni yangilash va yangi futbolchilar uchun joy bo‘shatishni rejalashtirmoqda. AS nashri yozishicha, bir qator o‘yinchilarning kelajagi klubda hali ham aniq emas.
Manbaga ko‘ra, tarkibdagi istiqboli noaniq futbolchilar qatoriga himoyachi Raul Asensio, qanot himoyachisi Fran Garsiya, yarim himoyachilar Eduardu Kamavinga, Orelien Tchuameni va Franko Mastantuono, shuningdek, hujum chizig‘ida o‘ynaydigan Braim Dias hamda Gonsalo Garsiya kiritildi.
Madrid klubi bu yozda jamoaga qayta kelgan Joze Mourinyo qo‘l ostida tarkibni qayta qurishni boshlagan. Mourinyo qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish kerakligini allaqachon belgilab bergan. Kutilishicha, ayrim futbolchilar bilan xayrlashish orqali «Real» aniq va maqsadli transferlar amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Avvalroq klub markaziy yarim himoyachi va qanot hujumchisiga qiziqib qolayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar