“Real” yulduzi besh klubdan taklif oldi

  • 27.02.2021 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsumning oxirida “Real” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadigan Lukas Vaskesning xaridorlari tobora ko‘payib bormoqda.

“Qirollik klubi” 29 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv borasidagi ishlarni jadallashtirmasa, Lukas Vaskes boshqa klublar taklifini o‘rganishga tayyor ekanini bildirdi.

Tajribali yarim himoyachiga hozircha beshta jamoa murojaat qildi. Xususan, “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Valensiya”, “Sevilya” va “Napoli” rahbariyati Ispaniya terma jamoasi futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Lukas Vaskes joriy mavsumda primerada 18 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va jamoadoshlariga uchta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!