"Real" yulduzi Neymarning ko‘nglini ko‘tardi
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Neymar ko‘pincha muxlislar va mutaxassislardan o‘yin usuli tufayli tanqidga uchrasa-da, uni hurmat qiladigan va undan faxrlanadiganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Braziliya terma jamoasi va "Real"da porlagan mashhur himoyachi Roberto Karlos o‘z hamyurtini maqtab, uning ko‘nglini ko‘tardi.
- Neymar - Olimpiada chempioni, - dedi Roberto Karlos. - U dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biri ekanini unutmaslik lozim. Braziliya xalqi Neymar bilan faxrlanadi.

Neymar joriy chempionatda "Barselona" tarkibida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi va olti marta golli pas uzatdi.

Fikrlar