“Real” yulduzi yangi jamoaga o‘tmoqda

  • 17 iyul, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” ga kerak bo‘lmay qolgan pleymeyker Isko faoliyatini Ispaniya chempionatining boshqa jamoasi safida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Qirollik klubi” tajribali futbolchining yakunlangan shartnomasini uzaytirmadi va Isko erkin agent sifatida o‘ziga mos jamoa qidirayotgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Isko “Sevilya”ni tanladi. Bunda asosiy omil bu jamoani Xulen Lopetegi boshqarayotgani bo‘ldi. Bu mutaxassis doim Iskoning mahoratini yuqori baholab kelgan.

Qolaversa, Lopetege 2018 yilda “Real”ni boshqargan va Iskoning nimalarga qodirligini juda yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!