“Real” yulduzi yangi olingan Kukurelya tufayli Madridni tark etadi

  • 17.06.2026 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Real”ning iqtidorli himoyachisi Alvaro Karrerasni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Gap shundaki, “Qirollik klubi” yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo tashabbusi bilan “Chelsi”dan ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelyani transfer qildi. Tajribali futbolchi yangi jamoasida chap qanot himoyasining asosiy o‘yinchisiga aylanadi.

O‘z navbatida, bu holat jamoaga o‘tgan yozda olib kelingan Alvaro Karrerasning o‘yin vaqtiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi.

The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu vaziyatdan “Manchester Yunayted” foydalanmoqchi.

Agar Mourinyo Karrerasni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmasa, ispaniyalik himoyachi ketish variantini ko‘rib chiqadi.

Karreras 2020–2024 yillarda “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan, ammo asosiy jamoa safida debut qilmagan. O‘tgan yilning iyulida “Real” uni “Benfika”dan 50 million yevroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!