“Real” yutqazgani yaxshi bo‘ldi, endi Anchelotti bizga keladi

  • 27 aprel, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi finalida “Real”ning ashaddiy raqib “Barselona”ga yutqazgani italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelottining Madriddan erta ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tecno

“Qirollik klubi” futbolchilarining mag‘lubiyatga uchragani Braziliya futbol konfederatsiyasi foydasiga ishlashi mumkin. Bu tashkilot anchadan beri Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasiga murabbiy qilib olib kelmoqchi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbariyati 65 yoshli mutaxassis ular bilan hamkorlik qilishiga ishonch bildirmoqda. Ular Anchelotti 15 iyun kuni sport oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar Braziliya terma jamoasini qabul qilib olishini kutyapti.

Manbaga ko‘ra, konfederatsiya vakillari ayni paytda Ispaniyada bo‘lib turibdi. Ular “Qirollik klubi” rahbariyatining Anchelotti bo‘yicha yakuniy qarorini kutmoqda. Agar Anchelotti tez orada iste’foga chiqarilsa, braziliyaliklar murabbiy bilan muzokara boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!