“Real” zo‘r hujumchi uchun asosiy da’vogarga aylandi

  • 24 noyabr, 2020, 16:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” rahbariyati “Vilyarreal”ning ikki etakchisi – markaziy himoyachi Pau Torres va hujumchi Samyuel Chukvuezeni olishga qaror qildi.

Madridliklar bu futbolchilar transferi bo‘yicha “Vilyarreal” rad eta olmaydigan taklif tayyorlamoqda. Ayni paytda Torresning transferi 50 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, Chukquezeni oladigan jamoalar 80 million evro miqdorida xarajat qilishi kerak. “Real” bunga tayyor va bo‘lajak transferlarda o‘z futbolchilaridan ham foydalanishi mumkin.

21 yoshli nigeriyalik hujumchiga madridliklardan tashqari “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Everton” va “Vulverxempton” ham da’vogarlik qilmoqda.

Isko “Real” rahbarlariga murojaat qildi

“Chelsi” yana bir futbolchisidan voz kechdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!