"Real"da "Kadis"ga qarshi o‘yin oldidan navbatdagi muammo

  • 8 noyabr, 2022, 19:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger La Liga doirasidagi "Kadis"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ma’lum qildi. 

Tecno

Germaniyalik futbolchi ayni damda lazaretda. Hozircha jarohat tafsilotlari e’lon qilinmadi. Avvalroq, u "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda ham qoshidan jarohat olgandi. "Real" - "Kadis" uchrashuvi 10 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:30da start oladi. 

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" 13-turdan keyin 32 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" hisobida esa 34 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!