“Real”da o‘zgarish kutilmoqda. Zidanning o‘rnini hech kim kutmagan mutaxassis egallaydi
Ayni paytda “Roma”ni boshqarayotgan Paulo Fonseka joriy mavsum yakunlanishi bilan kuchliroq klubni qabul qilib oladigan bo‘ldi.
48 yoshli mutaxassis Rimni tark etib, Madridga kelishi kutilmoqda. “Real” rahbariyati portugaliyalik murabbiyni Zinedin Zidanga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Fonsekani “Benfika” ham ishga chorlamoqda. Shuningdek, bu mutaxassisga Evropaning boshqa klublaridan takliflar etarli.
Hozir “Roma”da tajribali murabbiyni saqlab qolish uchun birgina yo‘l qolgan. Agar “Bo‘rilar” Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma oladigan bo‘lsa, Fonsekaning klub bilan shartnomasi avtomatik tarzda bir yilga uzaytiriladi.

Fikrlar