“Real”da superhujumchi o‘ynaydi!
Madrid klubi yozgi transferlar vaqtida ikki nafar hujumchi – Kilian Mbappe va Erling Xolanddan birini qo‘lga kiritish bo‘yicha ish boshlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ hujumchisini olish biroz qiyin bo‘ladi. “Qirollik klubi” Mbappega ega bo‘lishi uchun 200 million funtga yaqin mablag‘ sarflashi kerak. Ayni paytda birdaniga buncha mablag‘dan voz kechish klubda kutilmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Erling Xolandni “Borussiya”dan olish uchun madridliklardan 68 million funt talab qilinadi. Biroq, dortmundliklar 2022 yilning yozigacha norvegiyalik hujumchini qo‘yib yubormoqchi emas. “Real” esa yozda supertransferga ega bo‘lish fikrida sobit qolmoqda.

Fikrlar