“Real”da yana ishkal: Futbolchilari Arbeloadan ham norozi
Ispaniyaning eng qudratli klubi “Real”ning ichki muhitidagi muammolar yana bo‘y ko‘rsata boshlandi. Jamoaning bir qator futbolchilari yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning murabbiylik qarorlaridan norozi.
Bu haqida Cadena Ser nashri xabar berdi.
So‘nggi kunlarda Arbeloaning ayrim qarorlari haqiqatan ham jamoa o‘yinchilarini hayratga solgan. Birinchi holat “Benfika”ga qarshi o‘yinda yuz bergan. Jamoa ichida Dani Sebalyos Lissabonda bir daqiqa ham maydonga tushmagani tushunmovchilikka sabab bo‘lgan. Uning o‘rniga ustunlik Xorxe Sesteroga berilgan va futbolchilar bu masala bo‘yicha o‘z munosabatlarini murabbiyga bildirgan.
Ikkinchi epizod “Santyago Bernabeu”da yuz berdi va Arbeloaning matbuot anjumaniga kechikishiga sabab bo‘lgan. “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yindan keyin kiyim almashtirish holatida bosh murabbiy va zyinchilar o‘rtasida bahs-munozara kuchayib ketgan, gap-so‘zlar uzoq va keskin kechgan, ayrim futbolchilar bilan murabbiy o‘rtasida texnik va taktik qarashlar bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Real”ning ayrim yulduzlari o‘zini xuddi yoshlar jamoasi – “Kastilya”ning murabbiyi qo‘l ostida shug‘ullanaotgandek his qilmoqda.
Fikrlar