
"Real"dagi besh nafar o‘yinchining umumiy qiymati APL, La Liga va A Seriyadagi bir necha klubning tarkibidan qimmatroq
"Qirollik klubi"ning yarim himoya va hujumdagi qo‘rqinchli futbolchilari bir nechta grand klublarning umumiy tarkibidan ham qimmatroq hisoblanadi. Jud Bellingem, Federiko Valverde, Rodrigo, Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning umumiy Transfermarktdagi narxi 770 million evro. Bu summa APL, A Seriya va La Liganing bir nechta grand klublarining umumiy tarkibidan qimmatroqligi ma’lum bo‘ldi.
APLdan faqatgina beshta jamoasi: "Manchester Citi", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenhem" klublarining tarkibi "Los-Blankos"ning beshta futbolchisi narxidan yuqoriroq.
La Ligada esa bunday ko‘rsatkich yagona "Barselona" klubida ekanligi aniq bo‘ldi . Jamoaning Transfermarktdagi umumiy qiymati 940 million evro. Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" o‘yinchilarining umumiy summasi 565 million evroni tashkil qilmoqda.
A Seriya klublarida esa bu beshlik bilan tenglasha oladigan jamoa yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni hech qaysi jamoaning umumiy narxi 770 million evroga teng yoki undan baland emas. Ma’lumot o‘rnida, Italiya oliy ligasining eng qimmat tarkibga ega klubi - "Inter" futbolchilarining umumiy transfer narxi 681 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar