"Real"dan taklif olgan Veratti Parijni tark etmaydigan bo‘ldi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verattining agenti futbolchining parijliklar safini tark etmasligini ma’lum qildi.
– Veratti PSJ dan ketmasligi aniq. Uning jamoa bilan kelishuvi 2021 yilgacha mo‘ljallangan, – deydi Donato Di Kampli Football Italia nashriga.
Qayd etish joiz, oldinroq 24 yoshli futbolchiga Madridning “Real” klubi taklif bilan chiqqanligini ommaga ma’lum qilgandi.



Fikrlar