“Real”ga Angliyadagi “qariya” kerak
“Real” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish maqsadida “Chelsi”dan o‘yinchi olishni rejalashtirmoqda.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar 33 yoshli himoyachi Sesar Aspilikuetani o‘z safiga chorlayapti.
Sesar Aspilikueta “aristokratlar” safida o‘n birinchi mavsumini o‘tkazmoqda.Ispaniyalik futbolchi 2012 yili “Marsel”dan transfer qilinganidan keyin London klubida jami 493 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 56 ta assist muallifi bo‘lgan.
Tajribali himoyachi aslida “Osasuna” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan.
Transfermarkt portali Sesar Aspilikuetani 8 million evroga baholamoqda.

Fikrlar