Asosiy mazmunga oʻtish

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Erondagi legionerlarimiz soni ko‘payadi!

O‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoasida o‘tkazgan Jasurbek Yaxshiboev Eron chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "khabarvarzeshi" nashri xabar bermoqda. 

"Nassaji Mozandaron" klubi o‘zbekistonlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Yaxshiboev O‘zbekistonning "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalarida to‘p surgan va jamoa bosh murabbiyi Savo Miloshevich maslahati bilan "Nassaji"ga o‘tgan.  

U Moldovaning "Sherif" jamoasi tarkibida "Real" darvozasiga urgan goli bilan mashhur", - deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Yaxshiboev ayni damda jamoasiz bo‘lib turibdi. 27 yoshli futbolchining narxi 700 ming evroga baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q