
“Real”ga kelib o‘n karra kuchaydim
Yozgi transferlar vaqtida “Real”ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingem Ispaniya chempionatida ham porlay boshladi.
Ikkinchi turda angliyalik futbolchi ikkita gol va bitta assist qayd etib madridliklarning “Almeriya” ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Menga kambek qila olganimiz va kurashuvchanligimiz ma’qul yoqdi. Ko‘p jamoalar birinchi to‘p o‘tkazib, vaziyatni o‘nglashga qiynaladi. Bizda unday emas. Biz yaxshi o‘ynashda davom ettik, talvasaga tushmadik va g‘olib chiqdik.
Gol urganimdan xursandman, lekin yaxshi o‘yna, jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shish muhimroq. O‘tgan mavsumga qaraganda o‘n baravar kuchayganman. Jamoadoshlarimdan ko‘p narsa o‘rganyapman. Bu jamoada saviya juda yuqori ekan.
Bolaligimda televizor orqali “Real”ning kambek qilganiga juda ko‘p ko‘rganman. Ba’zan bu jamoa mag‘lubiyatdan qutila olmaydi, deb ham o‘ylab qolardim. Lekin baribir “Real” bu ishni uddalardi, - dedi Jud Bellingem.
Fikrlar