
"Real"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi Turinga yo‘l olishi mumkin
"Yuventus" "Real" hujumchisi Luka Yovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar futbolchini qishki transfer vaqtida ijaraga olishga harakat qilib ko‘radi. "Transfermarkt" portali Lukani 20 million evroga baholamoqda. 2019 yil "qirollik klubi" Yovichni 63 million evroga xarid qilgandi.
Joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida bor yo‘g‘i 9 daqiqa o‘ynadi va samarali harakat amalga oshirmadi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar