"Real"ga "Oltin to‘p" sohibi kerak emas

  • 05.12.2025 17:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" "Manchester Siti" futbolchisini Rodrini sotib olish fikridan voz kechdi.

Ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan yilning Sentyabr oyida xochsimon payidan olgan jarohatidan keyin hamon optimal sport formasiga qayta olmayapti. "Transfer News Live" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" aynan shu sababga ko‘ra xavbekni sotib olish fikridan qaytgan. Xabarlarga ko‘ra,"qirollik klubi" "Kristal Pelas" futbolchisi Adam Uorton va "Az Alkmar" futbolchisi Kes Smitni kuzatib bormoqda. "Transfermarkt" portali Uortonni 60 million evroga, Smitni esa 22 million evroga baholamoqda. 

Ma’lumot uchun, madridliklar joriy mavsum La Ligada 36 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!